Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar tashabbusi – mahalla obodligiga xizmat qilmoqda
янв.21
Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Naslchilik to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Naslchilik to‘g‘risida”gi O‘RQ-165-I sonli Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
6-son Gumbaz okrugi deputati tomonidan nazorat tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Tuman tibbiyot birlashmasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
PF-71-sonli Farmon ijrosi doimiy komissiya nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman  Kengashi kotibiyatida ish kuni kunlik vazifalarni rejalashtirishdan boshlanadi.
янв.21
Qonun ustuvorligi va xavfsizlik masalalari doimiy nazoratda
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim qonunlar mazmun-mohiyati muhokama qilindi
YOSHLAR KELAJAGIMIZ: 10-SON MAKTABDA “90 KUNLIK YOSHLAR TADBIRI” BOʻLIB OʻTDI

Urganch shahridagi 10-sonli umumtaʼlim maktabida yoshlarning iqtidorini yuzaga chiqarish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “90 kunlik yoshlar tadbiri” doirasida uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati N.Sharipova ishtirok etib, bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati darajasida koʻrsatilayotgan yuksak eʼtibor, taʼlim va sport yoʻnalishlarida yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.

Uchrashuv davomida oʻquvchi-yoshlarning kelajakdagi rejalari, intilishlari hamda ularni qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan ochiq muloqot oʻtkazildi. Deputat yoshlarning taklif va tashabbuslarini tinglab, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.