Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tez tibbiy yordam faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Oila muammolari o‘rganilib, joyida muloqot o‘tkazildi
янв.21
Sanchiqul MFYda ichimlik suv tizimi holati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
63-DMTTga video kuzatuv moslamasi o‘rnatish masalasi deputat nazoratida
янв.21
Deputat G. Xoliqulova fuqarolar murojaatlari bilan ishladi
янв.21
937-sonli Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
“96 ta qonun” ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari boshlandi
янв.21
Pastdarg‘omda mulkiy huquqlarni qonuniylashtirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI MUAMMO O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📌 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va
xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi

📝 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma uchinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalarni atroflicha muhokama qilish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi majlisi o‘tkazildi.

📋 Majlis davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktyabrdagi PF-185-sonli “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

🔹 Unda Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Sh. Tursunov tomonidan mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar, hududlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi xavfsizligini ta’minlash hamda tizim samaradorligini oshirish borasidagi hisobot taqdim etildi.

✅ Majlis yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 5