Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ehtirom va e’zoz

❗️O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Yashnobod tuman Kengashi tashabbusi bilan xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna Toshkent shahar Qon preparatlari ilmiy ishlab chiqarish korxonasi jamoasi bilan birgalikda ushbu korxonada uzoq yillar samarali mehnat qilib kelgan xodimlarni bayram munosabati bilan samimiy tabrikladi.

📌Tadbir davomida mehnat faxriylarining ko‘p yillik halol mehnati, soha rivojiga qo‘shgan hissasi hamda jamiyat taraqqiyoti yo‘lidagi xizmatlari alohida e’tirof etildi.

Shuningdek, faxriylarga ezgu tilaklar bildirilib, ularga ehtirom va e’zoz ko‘rsatildi.

Slide 1 of 1