✅Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Kilichev Maruf tomonidan 111-ds-487-26-sonli deputatlik so‘rovi tuman elektr ta’minoti bo‘limiga yuborildi.
✅Pastdarg‘om tumani 2-son texnikumi rahbariyati tomonidan kelib tushgan murojaatga ko‘ra, ta’lim muassasasida o‘rnatilgan transformator ishlashida nosozliklar kuzatilayotgani ma’lum qilingan.
📈Mazkur holat o‘quv jarayonining uzluksiz tashkil etilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
⚡️Ushbu muammo yuzasidan 6 oy avval ham deputatlik so‘rovi yuborilgan bo‘lishiga qaramasdan, mutasaddi tashkilot tomonidan yetarli choralar ko‘rilmagan.
⚡️Tuman elektr ta’minoti bo‘limidan mazkur transformator holatini zudlik bilan joyiga chiqib o‘rganish, mavjud nosozliklarni bartaraf etish hamda ta’lim muassasasini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha aniq choralar ko‘rish talab etildi.