Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Davlat xizmatlari markazidagi elektr ta’minoti muammosi o‘rganildi
янв.21
Hovuzak mahallasida infratuzilma muammolari o‘rganildi
янв.21
Oshiq Ota mahallasida ichimlik suvi masalasi o‘rganildi
янв.21
Nastarin ko‘chasidagi yo‘l muammosi o‘rganildi
янв.21
Boldir MFYdagi muammolar deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Yangiobod mahallasida bank xizmatlari va kreditlash jarayonlari o‘rganildi
янв.21
Ichki ko‘chalar holati o‘rganildi
янв.21
Qorag‘uppa mahallasidagi mebel fabrikasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
2-son oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi: mavjud muammolar aniqlandi
“Turon” mahallasidagi mas’ullar faoliyati o‘rganildi

Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun ishlab chiqilgan “24 ta eng muhim yo‘nalish” ijrosi doirasida tashkil etildi. Unda asosiy e’tibor mahalla boshqaruv tizimining samaradorligi va aholi muammolarini hal etishdagi natijadorlikka qaratildi.

💬 O‘rganishlar markazida quyidagi yo‘nalishlar tahlil qilindi:

▶️Hokim yordamchisi: Mahallabay ishlash tizimi, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka ko‘maklashish;

▶️Xotin-qizlar faoli: Ayollarni ijtimoiy himoya qilish, “Ayollar daftari” bilan ishlash va xotin-qizlar bandligi;

▶️Ijtimoiy xodim: Ehtiyojmand qatlamga manzilli ijtimoiy xizmat ko‘rsatish va g‘amxo‘rlik;

▶️Yoshlar yetakchisi: Navqiron avlod vakillarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularni kasb-hunarga yo‘naltirish.

Muloqot davomida mahalla mas’ullarining o‘zaro hamjihatlikda ishlashi aholi farovonligini oshirishning asosiy omili ekanligi ta’kidlab, har bir mas’ul fuqarolar muammolarini hal etishda tashabbuskor bo‘lishi lozimligini qayd etdi.

Yakunda mahalla infratuzilmasini yaxshilash va aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3