Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Davlat xizmatlari markazidagi elektr ta’minoti muammosi o‘rganildi
янв.21
Hovuzak mahallasida infratuzilma muammolari o‘rganildi
янв.21
Oshiq Ota mahallasida ichimlik suvi masalasi o‘rganildi
янв.21
Nastarin ko‘chasidagi yo‘l muammosi o‘rganildi
янв.21
Boldir MFYdagi muammolar deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Yangiobod mahallasida bank xizmatlari va kreditlash jarayonlari o‘rganildi
янв.21
Ichki ko‘chalar holati o‘rganildi
янв.21
Qorag‘uppa mahallasidagi mebel fabrikasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
2-son oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi: mavjud muammolar aniqlandi
Qorag‘uppa mahallasidagi mebel fabrikasi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati X.Turdiyev tomonidan Qorag‘uppa mahallasida joylashgan mebel fabrikasiga tashrif buyurilib, korxona faoliyati yaqindan o‘rganildi.

Tashrif davomida ishchilarning mehnat sharoitlari, ularga yaratilgan qulayliklar, jumladan maxsus ish kiyimlari, tushlik bilan ta’minlanishi hamda bandlik masalalari bo‘yicha suhbat o‘tkazildi.

Mazkur fabrika rahbari Ishnayev Nabi ma’lum qilishicha, korxona yangi binoda 2025-yil sentabr oyidan o‘z faoliyatini boshlagan.

Ayni paytda fabrikada asosan mahalliy hom ashyolardan yumshoq mebel ishlab chiqarilib, ichki bozorga yetkazib berilmoqda.

Quvonarlisi, korxonada asosiy ishchi kuchini mahalla yoshlari tashkil etib, ular bandligi ta’minlangan.

Shu bilan birga, bo‘sh ish o‘rinlari uchun doimiy ravishda vakansiyalar taqdim etib kelinmoqda.

Ishchilar oylik maoshi va yaratilgan shart-sharoitlardan mamnun ekanliklarini bildirishdi.

Slide 1 of 3