Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Davlat xizmatlari markazidagi elektr ta’minoti muammosi o‘rganildi
янв.21
Hovuzak mahallasida infratuzilma muammolari o‘rganildi
янв.21
Oshiq Ota mahallasida ichimlik suvi masalasi o‘rganildi
янв.21
Nastarin ko‘chasidagi yo‘l muammosi o‘rganildi
янв.21
Boldir MFYdagi muammolar deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Yangiobod mahallasida bank xizmatlari va kreditlash jarayonlari o‘rganildi
янв.21
Ichki ko‘chalar holati o‘rganildi
янв.21
Qorag‘uppa mahallasidagi mebel fabrikasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
2-son oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi: mavjud muammolar aniqlandi
Yashnobod tumanida dolzarb masala deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

📍 Yashnobod tumanida dolzarb masala deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

🏛 Yashnobod tumani “Uchchinor” va “TashIsti” mahallalarida o‘tkazilgan sayyor qabullar hamda fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida hududdagi bir qator dolzarb muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

🔎 Mazkur murojaatlar asosida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Davronbek Ravshanbekov tomonidan Toshkent shahar hokimligiga deputatlik so‘rovi yo‘lladi.

   Jumladan, “Uchchinor” mahallasida elektr ta’minotining pastligi sabab qo‘shimcha transformator o‘rnatish, shuningdek Murabbiylar ko‘chasidagi 100 ta xonadonga ichimlik suvi tarmog‘ini yetkazish zarurligi qayd etildi.

📝 “TashIsti” mahallasida esa bir qator muammolar ko‘tarildi. Xususan, mahalla hududiga “Tolariq” kanalidan suv olib kirish orqali dehqonchilik faoliyatini rivojlantirish, Abay Qunanbayev ko‘chasida yonib ketgan yog‘och ustunni temir-beton ustunga almashtirish, mavjud 2 ta transformatorni yangilash va qo‘shimcha transformator o‘rnatish, 4,5 km zamonaviy SIP kabel tortish hamda 200 ta yog‘och ustunni temir-beton ustunlarga almashtirish masalalari ilgari surildi.

📂 Shuningdek, tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida to‘xtab qolgan 1 500 metr gaz quvurlarini tiklash, mahalladagi 11 ta ko‘chaga tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish hamda Abay Qunanbayev, Muxtar Avezov va Muxtar Avezov-tor ko‘chalarini ichimlik suvi tarmog‘i bilan ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganish o‘tkazilib, amalga oshiriladigan ishlar hamda ularning natijalari bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masalalar deputat tomonidan nazoratga olingan.

(https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari)📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 1