Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Davlat xizmatlari markazidagi elektr ta’minoti muammosi o‘rganildi
янв.21
Hovuzak mahallasida infratuzilma muammolari o‘rganildi
янв.21
Oshiq Ota mahallasida ichimlik suvi masalasi o‘rganildi
янв.21
Nastarin ko‘chasidagi yo‘l muammosi o‘rganildi
янв.21
Boldir MFYdagi muammolar deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Yangiobod mahallasida bank xizmatlari va kreditlash jarayonlari o‘rganildi
янв.21
Ichki ko‘chalar holati o‘rganildi
янв.21
Qorag‘uppa mahallasidagi mebel fabrikasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
2-son oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi: mavjud muammolar aniqlandi
#tavsiyalar_asosida
#tavsiyalar_asosida

Kogon shahridagi 3-son maktabda inklyuziv ta’lim yo‘lga qo‘yilgan.

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev, Sh. Isamutdinov hamda kotibiyat mutaxassislari I. Ikromov va Z. Temirovalar mazkur ta’lim muassasasida bo‘lib, inklyuziv ta’lim uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

Maktabda alohida ta’lim ehtiyojiga ega o‘quvchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgani, ularning teng ravishda ta’lim jarayoniga jalb etilgani qayd etildi. O‘qituvchilar tomonidan darslar individual yondashuv asosida tashkil etilib, bolalarning bilim olishi uchun qulay muhit shakllantirilgan.

Shuningdek, o‘quvchilarning jamiyatga moslashuvi, tengdoshlari bilan birga ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

Inklyuziv ta’limni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuqori baholanib, ushbu yo‘nalishni yanada mustahkamlash yuzasidan tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 8