Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyat mudiri F.Xolmuratova hamda ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, sport va madaniyat yo‘nalishidagi doimiy komissiya a’zolari X.Turdiyev va J.Ochilovlar deputatlik joyi vakant bo‘lgan Qushquduq mahallasida faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisining ishlari o‘rganildi.
✅ Jarayonda aholi bilan ishlash, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ijtimoiy muammolarni hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
❇️O‘rganish davomida mavjud yutuqlar bilan bir qatorda ayrim kamchiliklar ham aniqlandi. Ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilib, kelgusida samaradorlikni yanada oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.
✅Hududlarni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish yo‘lidagi bu kabi o‘rganishlar izchil davom ettiriladi.