Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Ilm mahallasida tomorqa va obodonchilik ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi deputati N.Allayorova tomonidan Ilm mahallasida mahalla xotin-qizlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish hamda obodonchilik ishlari o‘rganildi.

🛣Uchrashuv davomida tomorqalarda ekinlarni to‘g‘ri joylashtirish, yer maydonlaridan unumli foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasidagi masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, xotin-qizlarning tomorqachilikdagi faolligi, daromad manbalarini kengaytirish imkoniyatlari ham tahlil etildi.

🏞Mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, hudud tozaligi va ko‘kalamzorlashtirish holati ko‘zdan , mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

🛣Bu kabi o‘rganishlar aholi farovonligini oshirish, tomorqachilik madaniyatini rivojlantirish hamda mahallalarda obodonchilik ishlarini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1