Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Davlat xizmatlari markazidagi elektr ta’minoti muammosi o‘rganildi
янв.21
Hovuzak mahallasida infratuzilma muammolari o‘rganildi
янв.21
Oshiq Ota mahallasida ichimlik suvi masalasi o‘rganildi
янв.21
Nastarin ko‘chasidagi yo‘l muammosi o‘rganildi
янв.21
Boldir MFYdagi muammolar deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Yangiobod mahallasida bank xizmatlari va kreditlash jarayonlari o‘rganildi
янв.21
Ichki ko‘chalar holati o‘rganildi
янв.21
Qorag‘uppa mahallasidagi mebel fabrikasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
2-son oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi: mavjud muammolar aniqlandi
QAROR IJROSI-YOXUD XALQ MANFAATI YUKSAK QADRIYAT

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati M.Jumaniyazova tashabbusi bilan kotibiyat mudiri P.Ro‘ziboyev bilan hamkorlikda shaharning "Navbahor" mahallasida xalq deputatlari shahar Kengashi sessiyasi qarori asosida ajratilgan mablag‘lar evaziga tashkil etilgan ijtimoiy yo‘lakcha o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida qurilish ishlarining sifati, piyodalar uchun yaratilgan qulayliklar hamda loyihaning belgilangan me’yorlarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi. Mazkur yo‘lakcha hudud aholisi, ayniqsa, keksalar va nogironlarning xavfsiz harakatlanishi uchun muhim ijtimoiy ahamiyatga ega.

Deputat tomonidan olib borilgan suhbatlar davomida aholi vakillari ushbu tashabbusdan mamnun ekanliklarini bildirishdi. Shu bilan birga, kelgusida yo‘lakcha atrofini obodonlashtirish va tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish masalalari ham muhokama qilindi.

Slide 1 of 2