Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Davlat xizmatlari markazidagi elektr ta’minoti muammosi o‘rganildi
янв.21
Hovuzak mahallasida infratuzilma muammolari o‘rganildi
янв.21
Oshiq Ota mahallasida ichimlik suvi masalasi o‘rganildi
янв.21
Nastarin ko‘chasidagi yo‘l muammosi o‘rganildi
янв.21
Boldir MFYdagi muammolar deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Yangiobod mahallasida bank xizmatlari va kreditlash jarayonlari o‘rganildi
янв.21
Ichki ko‘chalar holati o‘rganildi
янв.21
Qorag‘uppa mahallasidagi mebel fabrikasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
2-son oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi: mavjud muammolar aniqlandi
Tumanda suv resurslarini boshqarish, suv xo‘jaligi ob’ektlarining texnik holatini yaxshilash, shuningdek tumanda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati to‘g‘risida Kengash qarori qabul qilindi

#Sessiya_qarori 

Tumanda suv resurslarini boshqarish, suv xo‘jaligi ob’ektlarining texnik holatini yaxshilash, shuningdek tumanda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati to‘g‘risida Kengash qarori qabul qilindi

💧Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 21-apreldagi tumanda suv resurslarini boshqarish, suv xo‘jaligi ob’ektlarining texnik holatini yaxshilash, shuningdek tumanda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati to‘g‘risidagi VII-25-47-7-100-K/26 (https://kengash.gov.uz/doc/268715)-sonli qarori qabul qilindi.

✍️Qarorga muvofiq mas'ullarga:

- tumandagi sug‘orish tarmoqlarini muntazam tozalash va texnik holatini yaxshilash;

- suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish ko‘lamini kengaytirish;

- suv xo‘jaligi obyektlarini modernizatsiya qilish hamda betonlashtirish ishlarini jadallashtirish;

- fermer va dehqon xo‘jaliklari bilan hamkorlikni kuchaytirish orqali suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash;

- suv xo‘jaligi obyektlariga noqonuniy aralashuvlar va chiqindilar tashlash holatlarining oldini olish bo‘yicha nazoratni kuchaytirish;

- mavjud nasoslarni xatlovdan o‘tkazish hamda xatlov natijasida aniqlangan ta’mirtalab nasoslarni bir oy muddatda ta’mirlash choralarini ko‘rish vazifalari yuklatildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)

Slide 1 of 1