Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Davlat xizmatlari markazidagi elektr ta’minoti muammosi o‘rganildi
янв.21
Hovuzak mahallasida infratuzilma muammolari o‘rganildi
янв.21
Oshiq Ota mahallasida ichimlik suvi masalasi o‘rganildi
янв.21
Nastarin ko‘chasidagi yo‘l muammosi o‘rganildi
янв.21
Boldir MFYdagi muammolar deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Yangiobod mahallasida bank xizmatlari va kreditlash jarayonlari o‘rganildi
янв.21
Ichki ko‘chalar holati o‘rganildi
янв.21
Qorag‘uppa mahallasidagi mebel fabrikasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
2-son oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi: mavjud muammolar aniqlandi
Deputat faoliyatidan

Dasturlar ijrosi deputat nazoratida

📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrda qabul qilingan “2026–2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-sonli qarorining tumandagi ijrosi yuzasidan amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

Paxtachi tumani Kengashi 17-Tadbirkor saylov okrugidan saylangan deputat Boliyev Shuxrat Aliqulovich mazkur qaror asosida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi. 

Jumladan, 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabida davlat dasturi doirasida barpo etilayotgan 240 o‘rinli, ikki qavatli, zamonaviy hamda inklyuziv ta’lim sharoitlariga ega qo‘shimcha bino qurilishi jarayoni o‘rganildi.

O‘rganish davomida qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga muvofiqligi hamda yaratilayotgan sharoitlar alohida e’tiborga olinib, mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3