Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Shombuloq mahallasida ochiq muloqot: muammolar va yechimlar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengash raisi B. Ochilov tomonidan Shombuloq mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuv davomida mahalla aholisini qiynayotgan dolzarb masalalar, ijtimoiy muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan ochiq muloqot olib borildi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Shuningdek, hududni yanada obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan reja va tashabbuslar muhokama qilindi.

Uchrashuv samimiy va konstruktiv ruhda o‘tib, aholining fikr va mulohazalari kelgusidagi ishlarni rejalashtirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1