Hududlarda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va muammolarini o‘rganish maqsadida xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati S.Nurmamatova tomonidan Nayman MFY xotin-qizlar faoli olib borayotgan ishlar, amalga oshirilayotgan loyihalar hamda mavjud muammolar atroflicha o‘rganildi.
Uchrashuv jarayonida xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘rgatish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida qilinayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar bilan ishlash tizimi, ularning murojaatlarini hal etish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.
Deputat tomonidan aniqlangan muammo va takliflar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etilishi, xotin-qizlar faollari faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.