Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xonchorbog‘ va Elbek aholisi uchun xizmat ko‘rsatuvchi 12-son OSHP faoliyati o‘rganildi
янв.21
Talabalar yotoqxonasi holati deputat e’tiborida
янв.21
Mehnat mahallasida ijtimoiy obyektlar holati deputat nazoratida
янв.21
Quyi Darg‘om mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati deputat nazoratida
янв.21
Baxshiboyi mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Juma shaharchasida yirik renovatsiya loyihasi nazoratda
янв.21
Mahallada tinchlik va xavfsizlik – ustuvor vazifa
янв.21
Deputat B. Sadikova Turkman MFYda: yoshlar bilan ishlashga alohida e’tibor
янв.21
Go‘zalkentda ta’lim maskaniga e’tibor: kutubxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
40-maktabda ta’lim sharoiti o‘rganildi: muammolar deputat nazoratida
Uchtepa mahallasida yoshlar siyosati: natija va imkoniyatlar

Uchtepa MFYda yoshlar bilan ishlash tizimi izchil yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati D.Tuychiyeva tomonidan yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi. Mahallada 14–30 yosh toifasidagi jami 1065 nafar yosh mavjud bo‘lib, ularning 80 foizi turli yo‘nalishlarda faol ishtirok etmoqda.

Sport yo‘nalishida ham salmoqli yutuqlar qo‘lga kiritilgan. Shashka musobaqasida viloyat bosqichida 3-o‘rin, futbol bo‘yicha sektorda 2-o‘rin egallangan. Mahallada har yili futbol va voleybol bo‘yicha musobaqa tashkil etilib, unda 400dan ortiq yoshlar faol qatnashmoqda.

Bandlik masalasida ham ijobiy natija bor. Joriy yil boshida aniqlangan 5 nafar ishsiz yosh rahbarga biriktirilib, muammosi bilan individual ishlash yo‘lga qo‘yildi.Natijada 2 nafari tartibli migratsiya orqali qonuniy ish bilan ta’minlandi,1 nafariga imtiyozli kredit ajratildi.Qolgan 2 nafar yoshni ishga joylashtirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

Slide 1 of 2