Lolazor mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda aholi osoyishtaligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan profilaktika inspektorining faoliyati o‘rganildi.
Mazkur jarayon xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati G. Xoliqulova tomonidan olib borilib, unda hududdagi jinoyatchilik holati, uning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar atroflicha tahlil qilindi.
O‘rganish davomida profilaktika inspektorining fuqarolar bilan ishlash, muammoli oilalarni aniqlash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jamoatchilik bilan hamkorlikni mustahkamlash borasidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, jinoyatchilikni yanada kamaytirish hamda profilaktika ishlarini samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.