Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat temiryo‘l vokzali faoliyati bilan tanishdi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati A.Abdumurodov o‘z saylov okrugi hududidagi temiryo‘l vokzalida bo‘lib, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida yo‘lovchilarga yaratilgan sharoitlar, chipta savdosi jarayoni hamda kutish zallaridagi qulayliklar o‘rganildi.

Shuningdek, jamoat transporti harakati grafigi, yo‘nalishlar uzviyligi va aholiga yetkazilayotgan axborotlarning o‘z vaqtida taqdim etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat mas’ullarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, fuqarolar uchun qulayliklarni kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.

Slide 1 of 4