Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

35-maktabdagi muammolar yuzasidan deputat so‘rovi chiqarildi

 “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida 22-Dovkash saylov okrugi deputati B.Sadikova tomonidan tumandagi 35-maktab faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida maktabda muammo mavjudligi aniqlandi. O‘quvchi soni ko‘pligi sababli sinfxona yetishmasligi kuzatilmoqda. Maktabda sport zal mavjud emasligi sababli jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini to‘liq va samarali tashkil etish imkoniyati cheklanmoqda. 

 Mazkur holatlar “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasi – ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari, ya’ni ta’lim olish uchun munosib shart-sharoitlar yaratish talablari to‘liq ta’minlanmayotganini ko‘rsatadi. 

 Aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi kiritilib, maktabda qo‘shimcha sinfxonalar tashkil etish, sport zali qurish masalasini hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish so‘raldi. 

  Ushbu masalaning ijrosi deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 1