Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Suyunov tumanning Jom mahallasida yashovchi aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Jom mahalla yettiligi, mahalla faollari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida 2024-yil 7-avgustdagi "Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-940-sonli Qonuni yuzasidan fuqarolarga tegishli ma’lumotlarni berdi.
Shuningdek, uchrashuvda fuqarolar tomonidan yo‘l infratuzilmasi, kommunal xizmatlar, yoshlar bandligi va ijtimoiy masalalar bo‘yicha murojaatlar bildirildi. Deputatlar har bir masala yuzasidan fikr bildirib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni hal etish choralari ko‘rilishini ta’kidladilar.
Bunday uchrashuvlar aholining muammolarini o‘rganish, taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyatga ega.