Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va "mahalla yettigi" bilan hamkorligi – muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida ma‘lumot.
янв.21
“Manfaatlar to‘qnashuvi qonuni: Shaffoflik sari bir qadam”
янв.21
Ijtimoiy soha va yoshlar siyosati doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tomonidan “Barkamol avlod” bolalar markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Charxin mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Mahalliy byudjet va iqtisodiy masalalar doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tumanda PQ-48-son qarori ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Pastdarg‘om tumani “Boldir” MFYda deputatning mahalla aholisi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Gulobod mahallasida tibbiy xizmatlar holati o‘rganildi
Pastdarg‘om tumani “Boldir” MFYda deputatning mahalla aholisi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi deputati O'.Shukurov uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bir qator muammolar va takliflar bildirildi. Jumladan, ayrim xonadonlarga maishiy gaz ballonlari o‘z vaqtida yetkazib berilmayotgani, ba’zi holatlarda esa yetkazib berish muddati 70 kungacha cho‘zilib ketayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, gaz balloni kelgan vaqtda uy egasi uyda bo‘lmagani sababli uni almashtira olmay, sarson bo‘lib yurgan fuqarolar ham o‘z murojaatlarini bildirishdi.

Bundan tashqari, mahalla hududida joylashgan 6-maktab filiali binosi ta’mirtalab holatga kelib qolgani, o‘quvchilar foydalanayotgan stol va stullar eskirib ketgani haqida ham aholi tomonidan murojaatlar bildirildi.

Deputat tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar chiqarilishi, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlab o‘tildi.

Slide 1 of 1