Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ilm mahallasi aholisi uchun sifatli tibbiy xizmat masalasi o‘rganildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylardagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Deputat va nuroniylar uchrashuvi — hurmat va e’tibor namunasi
янв.21
Deputatlar faoliyatini yoritishda tizimli ishlar olib borilmoqda
янв.21
Galatut mahallasida deputat fuqarolar bilan uchrashdi
янв.21
DEPUTATLAR MAHALLALARDAGI UMUMXALQ HASHARIDA FAOL ISHTIROK ETMOQDA
янв.21
Deputat D. Mardonova Turon MFYda: muammolar ko‘chama-ko‘cha yurib o‘rganilmoqda
янв.21
Olmazor mahallasida tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
Aholiga qulaylik: Kengash qarori bilan ko‘p qavatli uylar ta’mirlanadi
янв.21
Deputat bozor rastalarida: narx-navoni o‘rganish boshlandi
1-"Navro‘z" saylov okrugi deputatining saylovchilar bilan uchrashuvi o‘tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlarining 2026 yil mart oyi davomida o‘z saylov okruglarida saylovchilar bilan uchrashuvlarini o‘tkazish reja-jadvaliga muvofiq, 1-"Navro‘z" saylov okrugi deputati Uralov Mamasoli Robbimovich tomonidan "Navro‘z" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida ochiq muloqot muhitida fuqarolarning taklif va murojaatlari tinglandi. Aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy, infratuzilmaviy va maishiy masalalar atroflicha muhokama qilindi. Har bir murojaat yuzasidan tegishli tartibda o‘rganish olib borilishi, masalalarning qonuniy va amaliy yechimini ta’minlash choralarini ko‘rish belgilab olindi.

Shuningdek, ko‘tarilgan muammolar bo‘yicha deputat so‘rovi chiqarish hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq choralar ko‘rish deputat tomonidan o‘z zimmasiga olindi.

Mazkur uchrashuv aholining manfaatlarini himoya qilish, joylardagi muammolarni bevosita o‘rganish va ularni bartaraf etish borasidagi ishlarning izchil davom ettirilayotganidan dalolat beradi.

Slide 1 of 5