Shahrisabz tumanida “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishiga qarshi kurashish oyligi” doirasida targ‘ibot tadbirlari qizg‘in davom etmoqda.
Bugun Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi deputati, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi M.Qabilov hamda tuman Ichki ishlar bo‘limi mas’ullari hamkorligida yoshlar bilan yuzma-yuz muloqotlar tashkil etildi.
Uchrashuvlar davomida yoshlarga giyohvandlikning ayanchli oqibatlari, psixotrop moddalarning inson salomatligi va ijtimoiy hayotiga salbiy ta’siri hayotiy misollar orqali tushuntirildi. Shuningdek, bu boradagi qonunbuzarliklar uchun belgilangan javobgarlik choralari haqida huquqiy tushunchalar berildi.