Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ramazon — mehr-shafqat, saxovat va bag‘rikenglik oyi
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati G.Bazarova: Fuqarolar bilan muloqot va amaliy yechimlari
янв.21
“Korrupsiya – davlat taraqqiyotiga tahdid” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
"Al-Beruniy" oilaviy shifokorlik punkti rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
Deputat Flora Xolmuratova Samarqand mahallasi aholi muammolari yuzasidan so‘rov yubordi
янв.21
Deputat aholi xatlovida faol ishtirok etmoqda
янв.21
Deputat so‘rovi natija berdi!
янв.21
83-son maktab rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
Deputat fuqarolar xonadonlarida: murojaatlar joyida o‘rganildi
янв.21
52-son maktab rekonstruksiyasi deputat nazoratida
INSON QADRI — E’TIBOR VA AMALIY YORDAMDA

Mahalla hududida aholini qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalar muammolarini o‘rganish va ularga manzilli yordam ko‘rsatish maqsadida xonadonma-xonadon o‘rganish ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Kambag‘allik reestri”ga kiritilgan oilalar holati xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati B.Sadikova tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida xonadon egasi o‘zining nogiron turmush o‘rtog‘i uchun nogironlik aravachasiga ehtiyoj borligini ma’lum qildi. Mazkur murojaat ko‘rib chiqilib, mas’ul tashkilot bilan hamkorlikda amaliy choralar belgilandi.

Qisqa muddat ichida nogironlik aravachasi olib kelinib, muhtoj xonadonga yetkazib berildi. Natijada murojaat ijobiy hal etilib, oila kundalik hayotini yengillashtirishga munosib hissa qo‘shildi.

Bu kabi manzilli yondashuvlar orqali aholi dolzarb muammolarini aniqlash va uni o‘z vaqtida bartaraf etish ishlari izchil davom ettiriladi. Har bir murojaat e’tibor markazida, har bir inson qadri ustuvor.

Slide 1 of 1