Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ramazon — mehr-shafqat, saxovat va bag‘rikenglik oyi
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati G.Bazarova: Fuqarolar bilan muloqot va amaliy yechimlari
янв.21
“Korrupsiya – davlat taraqqiyotiga tahdid” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
"Al-Beruniy" oilaviy shifokorlik punkti rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
Deputat Flora Xolmuratova Samarqand mahallasi aholi muammolari yuzasidan so‘rov yubordi
янв.21
Deputat aholi xatlovida faol ishtirok etmoqda
янв.21
Deputat so‘rovi natija berdi!
янв.21
83-son maktab rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
Deputat fuqarolar xonadonlarida: murojaatlar joyida o‘rganildi
янв.21
52-son maktab rekonstruksiyasi deputat nazoratida
Quva tumani Mustaqillik mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

 Quva tumani Mustaqillik mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi 

Quva tumani
Mustaqillik mahalla fuqarolar yig‘inida xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi
deputati N.Mannopova, tuman Kengashi deputatlari R.Nodirov, M.Sayfidinov, Sh.Djo‘raev,
O.Tillaeva, D.Sodiqova xamda O‘zLiDeP Quva tuman Kengashi apparati rahbari Yu.Abdullaevalar
ishtirokida “mahalla yettiligi” hamda faollari bilan uchrashuv o‘tkazildi.  

Uchrashuvdan
asosiy maqsad davlatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida mamlakatimizda
amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va inson qadrini ulug‘lashga
qaratilgan ishlar haqida aholini xabardor qilish, shuningdek, mahalla muammolarini
o‘rganish, murojaatlarni tinglash hamda ularga amaliy yechim topish orqali xalq
bilan davlat idoralari o‘rtasidagi muloqotni yanada kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.
Shu o‘rinda deputatlar tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga
oshirilayotgan ishlar, aholini ijtimoiy himoya qilish, infratuzilmalarni yaxshilash,
tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga oid chora-tadbirlar
haqidaham atroflicha ma’lumot berdilar. 

Uchrashuv ochiq
va samimiy ruhda o‘tdi. Aholi vakillari bunday muloqotlar xalqning muammolarini
eshitish, ularni joyida hal etish va jamoatchilik faolligini oshirishda muhim ahamiyat
kasb etishini ta’kidladilar. 

Tadbir yakunida
deputatlar tinglovchilar tomonidan bildirilgan taklif va fikr-mulohazalarni umumlashtirib,
berilgan savollarga atroflicha javoblar berdilar va mahalla ko‘chalarida bo‘lib
aholini qiynayotgan masalalarni o‘rgandilar va amaliy yordam berish bo‘yicha kelishib
oldilar.  

Slide 1 of 8