Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ramazon — mehr-shafqat, saxovat va bag‘rikenglik oyi
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati G.Bazarova: Fuqarolar bilan muloqot va amaliy yechimlari
янв.21
“Korrupsiya – davlat taraqqiyotiga tahdid” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
"Al-Beruniy" oilaviy shifokorlik punkti rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
Deputat Flora Xolmuratova Samarqand mahallasi aholi muammolari yuzasidan so‘rov yubordi
янв.21
Deputat aholi xatlovida faol ishtirok etmoqda
янв.21
Deputat so‘rovi natija berdi!
янв.21
83-son maktab rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
Deputat fuqarolar xonadonlarida: murojaatlar joyida o‘rganildi
янв.21
52-son maktab rekonstruksiyasi deputat nazoratida
Deputat tashabbusi bilan Hurlikda xayrli hashar

    Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashiga 2-“Hurlik” saylov okrugidan saylangan deputat Jumayeva Feruza Xurramovna tashabbusi bilan Hurlik mahallasida keng ko‘lamli hashar tashkil etildi. 

    Sho‘rchi tumani hududida amalgaoshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari izchil
davom etmoqda. Xususan, “Hurlik” mahallasida aholi turmushsharoitini yanada yaxshilashga qaratilgan xayrli tashabbuslardan biri — hasharyo‘li bilan ariqni betonlash ishlaridir. 

    Mazkur tashabbus mahalla fuqarolarining faol ishtirokida olibborilmoqda. Hashar jarayonida ko‘plab ko‘ngillilar, nuroniylar va yoshlarbirlashib, hududni obod qilish, sanitariya holatini yaxshilash hamda sug‘orish tizimini tartibga keltirishga munosib hissa qo‘shmoqda. 

    Ariqning betonlanishi natijasida suv oqimi tartibga solinib, yo‘llar va xonadonlarga zarar yetishining oldi olinadi. Shu bilan birga, hududning ko‘rkamligi oshib, ekologik va sanitariya holati yanada yaxshilanadi. 

    Deputat Jumayeva Feruza Xurramovna ta’kidlashicha, mahallalarda obodonlashtirish ishlarini tizimli ravishda davom ettirish, aholi bilan hamkorlikni mustahkamlash va fuqarolarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash
ustuvor vazifalardan biridir. 

    Bugungi kunda “Hurlik” mahallasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari mahalla ahli tomonidan mamnuniyat bilan kutib olinmoqda. Bunday ezgu tashabbuslar jamiyatda hamjihatlik, birdamlik va o‘zaro yordam tamoyillarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 

  

   

Slide 1 of 1