Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ramazon — mehr-shafqat, saxovat va bag‘rikenglik oyi
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati G.Bazarova: Fuqarolar bilan muloqot va amaliy yechimlari
янв.21
“Korrupsiya – davlat taraqqiyotiga tahdid” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
"Al-Beruniy" oilaviy shifokorlik punkti rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
Deputat Flora Xolmuratova Samarqand mahallasi aholi muammolari yuzasidan so‘rov yubordi
янв.21
Deputat aholi xatlovida faol ishtirok etmoqda
янв.21
Deputat so‘rovi natija berdi!
янв.21
83-son maktab rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
Deputat fuqarolar xonadonlarida: murojaatlar joyida o‘rganildi
янв.21
52-son maktab rekonstruksiyasi deputat nazoratida
Xalq deputatlari Quva tumani Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tdi

 Xalq deputatlari Quva tumani Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tdi 

Xalq deputatlari
Quva tuman Kengashining o‘n to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida
tuman hokimi va uning o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari,
kun tartibiga kiritilgan masalalarga daxldor bo‘lim, tashkilot va idoralar rahbarlari,
mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, hokimning mahallalardagi yordamchilari,
“mahalla yettiligi” vakillari, tadbirkorlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari
ishtirok etdilar.  

Shuningdek,
sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining
o‘rinbosari – S.Boboqulov qatnashdi. 

Sessiya kun
tartibida “Quva tumanini 2026 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini
tasdiqlash” masalasi ko‘rib chiqildi. 

Sessiyada tuman
hokimi X.Umarov tomonidan 2026 yilda tumanda amalga oshirilishi belgilangan yangi
ish o‘rinlari yaratish, xizmat ko‘rsatish va turizm ob’ektlarini tashkil etish,
mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirishga
qaratilgan vazifalar, aniq loyihalar, moliyalashtirish manbalari va kutilayotgan
natijalar yuzasidan axborot berildi.  

Muhokamalar
jarayonida deputatlar tomonidan dasturning sifatli bajarilishini ta’minlash, ijrosini
qat’iy nazoratga olish va har bir mahalla kesimida manzilli ishlash yuzasidan taklif
va tavsiyalar bildirildi. 

Sessiya yakunida
ko‘rilgan masala bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinib, belgilangan vazifalarning
o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar
berildi.  

Slide 1 of 6