Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ramazon — mehr-shafqat, saxovat va bag‘rikenglik oyi
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati G.Bazarova: Fuqarolar bilan muloqot va amaliy yechimlari
янв.21
“Korrupsiya – davlat taraqqiyotiga tahdid” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
"Al-Beruniy" oilaviy shifokorlik punkti rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
Deputat Flora Xolmuratova Samarqand mahallasi aholi muammolari yuzasidan so‘rov yubordi
янв.21
Deputat aholi xatlovida faol ishtirok etmoqda
янв.21
Deputat so‘rovi natija berdi!
янв.21
83-son maktab rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
Deputat fuqarolar xonadonlarida: murojaatlar joyida o‘rganildi
янв.21
52-son maktab rekonstruksiyasi deputat nazoratida
Murojaatnoma va qonunchilik yangiliklari aholi o‘rtasida targ‘ib qilinmoqda

 Murojaatnoma va qonunchilik yangiliklari aholi o‘rtasida targ‘ib qilinmoqda 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi
deputatlari tomonidan mehnat jamoalari hamda aholi o‘rtasida tizimli ravishda targ‘ibot-tushuntirish
ishlari olib borilmoqda. Ushbu tadbirlar aholini mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
islohotlar mazmuni bilan yaqindan tanishtirish, qabul qilinayotgan qaror va qonun
hujjatlarining ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan. 

Jumladan, tuman Kengashi deputatlari
A.Isaxonov, M.Xakimova, O.Oripova hamda A.Dadajonovlar tomonidan joylarda aholi
va tashkilotlar xodimlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2025 yil 26 dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston
xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar, ijtimoiy-iqtisodiy
sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirib
berildi. 

Uchrashuvlar davomida aholini qiziqtirgan
savollarga batafsil javoblar berilib, islohotlarning kundalik hayotdagi amaliy ahamiyatiga
alohida e’tibor qaratildi. 

Mazkur targ‘ibot-tushuntirish ishlari
Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari tomonidan izchil ravishda tashkil
etilmoqda bo‘lib, fuqarolarning huquqiy ongi va siyosiy faolligini oshirish, jamiyatda
islohotlarga nisbatan daxldorlik va mas’uliyat hissini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.  

Slide 1 of 5