Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ramazon — mehr-shafqat, saxovat va bag‘rikenglik oyi
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati G.Bazarova: Fuqarolar bilan muloqot va amaliy yechimlari
янв.21
“Korrupsiya – davlat taraqqiyotiga tahdid” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
"Al-Beruniy" oilaviy shifokorlik punkti rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
Deputat Flora Xolmuratova Samarqand mahallasi aholi muammolari yuzasidan so‘rov yubordi
янв.21
Deputat aholi xatlovida faol ishtirok etmoqda
янв.21
Deputat so‘rovi natija berdi!
янв.21
83-son maktab rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
Deputat fuqarolar xonadonlarida: murojaatlar joyida o‘rganildi
янв.21
52-son maktab rekonstruksiyasi deputat nazoratida
Deputat tashabbusi bilan tumanning Bog‘ishamol mahallasida bunyodkorlik ishlari davom etmoqda

 Deputat tashabbusi bilan tumanning Bog‘ishamol mahallasida bunyodkorlik ishlari davom etmoqda

Paxtakor tumanining Bog‘ishamol mahallasida “Obod mahalla” mezonlari asosida keng ko‘lamli obodonlashtirish va rekonstruksiya ishlari izchil amalga oshirilmoqda.

Xususan, ko‘p qavatli uylar atrofida aniqlangan noqonuniy qurilmalar bartaraf etilib, buzish ishlari natijasida hosil bo‘lgan qurilish chiqindilari maxsus texnikalar yordamida olib chiqib ketilmoqda. Hududni obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha tizimli choralar ko‘rilmoqda.

Jarayonlar tuman Xalq deputatlari Paxtakor tumani deputati, tuman hokimi Xusan Abduvoxidov, tuman prokurori X.Gaziyev, tuman IIB boshlig‘i Y.Akaboyev hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o‘tkazildi.

Mas’ullar tomonidan uyma-uy yurilib, aholi bilan bevosita muloqot qilindi hamda noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda

Slide 1 of 8