Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ramazon — mehr-shafqat, saxovat va bag‘rikenglik oyi
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati G.Bazarova: Fuqarolar bilan muloqot va amaliy yechimlari
янв.21
“Korrupsiya – davlat taraqqiyotiga tahdid” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
"Al-Beruniy" oilaviy shifokorlik punkti rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
Deputat Flora Xolmuratova Samarqand mahallasi aholi muammolari yuzasidan so‘rov yubordi
янв.21
Deputat aholi xatlovida faol ishtirok etmoqda
янв.21
Deputat so‘rovi natija berdi!
янв.21
83-son maktab rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
Deputat fuqarolar xonadonlarida: murojaatlar joyida o‘rganildi
янв.21
52-son maktab rekonstruksiyasi deputat nazoratida
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi Dilorom Safarova qurilish sohasidagi muammolar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi Dilorom Safarova qurilish sohasidagi muammolar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi

Uzun tumanida islohotlar samaradorligini oshirish va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan tizimli ishlar izchil davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2025-yil 16-iyun kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 28-son topshiriqlar bayoni 25-bandi hamda viloyat hokimining 2026-yil 31-yanvardagi 71-8-0-Q/26-sonli qaroriga muvofiq tumanda “Islohotlar shtabi” tashkil etildi.

️Mazkur shtab bilan hamkorlikda tumanni kompleks rivojlantirish, yangi imkoniyat va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 6 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha ishchi guruhlar shakllantirildi. Xususan, 4-ishchi guruh tomonidan qurilish hamda mahallalarda infratuzilmani rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Kengash raisi raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda islohotlarning joylardagi ijrosini kuchaytirish, qurilish va infratuzilma loyihalarini jadallashtirish hamda aholini qiynayotgan masalalarni tezkor hal etish ustuvor vazifa etib belgilandi.