Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ilm mahallasi aholisi uchun sifatli tibbiy xizmat masalasi o‘rganildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylardagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Deputat va nuroniylar uchrashuvi — hurmat va e’tibor namunasi
янв.21
Deputatlar faoliyatini yoritishda tizimli ishlar olib borilmoqda
янв.21
Galatut mahallasida deputat fuqarolar bilan uchrashdi
янв.21
DEPUTATLAR MAHALLALARDAGI UMUMXALQ HASHARIDA FAOL ISHTIROK ETMOQDA
янв.21
Deputat D. Mardonova Turon MFYda: muammolar ko‘chama-ko‘cha yurib o‘rganilmoqda
янв.21
Olmazor mahallasida tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
Aholiga qulaylik: Kengash qarori bilan ko‘p qavatli uylar ta’mirlanadi
янв.21
Deputat bozor rastalarida: narx-navoni o‘rganish boshlandi
Deputat va xalq muloqoti — muammolar yechimi sari amaliy qadam

 Deputat va xalq muloqoti — muammolar
yechimi sari amaliy qadam
 

  

🔹 Xalq
deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Jamshidbek Eminov o‘z saylov
okrugi hududidagi Bo‘ston mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, aholi
bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad
— mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni chuqur o‘rganish, fuqarolarni
qiynayotgan muammolarni tinglash va ularga aniq, amaliy yechimlar ishlab
chiqishdan iborat bo‘ldi. Deputat “Mahalla yettiligi” faoliyati, aholi
bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash,
yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi bilan yaqindan tanishdi.
 

🔹 Uchrashuv
davomida kommunal xizmatlar sifati, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ish o‘rinlari
yaratish, ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam masalalariga oid qator dolzarb
muammolar ko‘tarildi. Har bir murojaat yuzasidan mas’ul tashkilotlar
ishtirokida aniq chora-tadbirlar belgilab olinib, ularni bosqichma-bosqich hal
etish bo‘yicha vazifalar qo‘yildi.
 

🔹 Deputat
ta’kidlaganidek, mahalla — islohotlar samarasi namoyon bo‘ladigan eng quyi va
eng muhim bo‘g‘in. Aholi dardini eshitish, muammolarga befarq bo‘lmaslik va
ularni o‘z vaqtida hal etish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishi
hisoblanadi. Barcha ko‘tarilgan masalalar shaxsiy nazoratga olinib, ijrosi
ta’minlanadi.
 

  

Telegram | Facebook | YouTube  

Slide 1 of 2