Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ramazon — mehr-shafqat, saxovat va bag‘rikenglik oyi
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati G.Bazarova: Fuqarolar bilan muloqot va amaliy yechimlari
янв.21
“Korrupsiya – davlat taraqqiyotiga tahdid” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
"Al-Beruniy" oilaviy shifokorlik punkti rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
Deputat Flora Xolmuratova Samarqand mahallasi aholi muammolari yuzasidan so‘rov yubordi
янв.21
Deputat aholi xatlovida faol ishtirok etmoqda
янв.21
Deputat so‘rovi natija berdi!
янв.21
83-son maktab rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
Deputat fuqarolar xonadonlarida: murojaatlar joyida o‘rganildi
янв.21
52-son maktab rekonstruksiyasi deputat nazoratida
Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Erkin Abdurahmonov tomonidan Buyuk kelajak mahallasida mahalla yettiligi hamda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan hududda firibgarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish borasida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, mahalla ijtimoiy xodimi tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, manzilli yordam va qo‘llab-quvvatlash choralari haqida ma’lumot berildi.

Bundan tashqari, mahalla hokim yordamchisi va deputat ko‘magida mahalla fuqarosining avtomobil ta’mirlash ustaxonasini kengaytirish maqsadida 18 foizli imtiyozli 50 million so‘m kredit ajratilishiga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Uchrashuv yakunida fuqarolarni qiynayotgan masalalarni tizimli hal etish, bandlikni ta’minlash hamda hududda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4