Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ilm mahallasi aholisi uchun sifatli tibbiy xizmat masalasi o‘rganildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylardagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Deputat va nuroniylar uchrashuvi — hurmat va e’tibor namunasi
янв.21
Deputatlar faoliyatini yoritishda tizimli ishlar olib borilmoqda
янв.21
Galatut mahallasida deputat fuqarolar bilan uchrashdi
янв.21
DEPUTATLAR MAHALLALARDAGI UMUMXALQ HASHARIDA FAOL ISHTIROK ETMOQDA
янв.21
Deputat D. Mardonova Turon MFYda: muammolar ko‘chama-ko‘cha yurib o‘rganilmoqda
янв.21
Olmazor mahallasida tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
Aholiga qulaylik: Kengash qarori bilan ko‘p qavatli uylar ta’mirlanadi
янв.21
Deputat bozor rastalarida: narx-navoni o‘rganish boshlandi
Deputatlik nazorati

Parkent tumanidagi Markaziy dehqon bozorida oziq-ovqat mahsulotlari narx-navo barqarorligi va ta’minot uzluksizligi jamoatchilik nazorati asosida o‘rganildi. Unda Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 15-Beshkappa saylov okrugidan saylangan deputati Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda 16-Bodomtepa saylov okrugidan saylangan deputat Ashirmatova Xurshida Soliyevna ishtirok etdi. O‘rganishlar jarayonida “Arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi”dagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari, sanitariya talablariga rioya etilishi va mavsumiy zaxiralar holatiga alohida e’tibor qaratildi. Tadbirkorlarga mahsulot narxlarini asossiz oshirmaslik hamda sanitariya qoidalariga qat’iy amal qilish yuzasidan tavsiyalar berildi. Bu kabi jamoatchilik nazoratlari davlat hokimiyati organlarining samarali faoliyat yuritishini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. 

Slide 1 of 11