🔹Xalq deputatlari Boʻstonliq tumani Kengashi deputati Baxtiyor Kamalov navbatdagi uchrashuvini mahallada o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvda mahalla aholisi, faollar, yoshlar va nuroniylar ishtirok etdi.
🔹Tadbir kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-71-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:
korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, har bir fuqaro yurtimizda shaffoflikni ta’minlash va adolatli jamiyat qurishda faol ishtirok etishi kerakligi;
aholini to‘y-hasham, ma’raka va marosimlarda isrofgarchilikdan tiyilish, ortiqcha dabdababozlikka berilmaslik, bu borada ta’lim va tarbiyaning o‘rni beqiyos ekanligi;
shukuronalik bilan hayot kechirish, halollikni qadrlash zarurligi ta’kidlandi.
🔹Uchrashuv yakunida aholi o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan deputatga murojaat qilishdi va ko‘plab taklif va mulohazalar bildirildi.