Yangiliklar

Ishtixon tumani "Shayxlar" mahallasida insonparvarlik namoyon bo‘ldi

Sheyxlar mahallasida yashovchi, boquvchisini yo‘qotgan fuqaroning uyi mahalla faollari va ko‘ngillilar tomonidan hashar yo‘li bilan ta’mirlandi.

📍 Mazkur holat yuzasidan joyiga borilib, Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari M. Raximov va M. Umirovalar tomonidan fuqaroning yashash sharoitlari o‘rganildi.

🤝 Uy-joy masalasida zarur yordam ko‘rsatish bo‘yicha takliflar muhokama qilinib, tegishli choralar belgilandi.

📢 Ushbu tashabbus jamiyatimizdagi mehr-oqibat, birdamlik va insoniylik kabi ezgu qadriyatlar yana bir bor o‘z tasdig‘ini topayotganini ko‘rsatmoqda.

Slide 1 of 3