Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI: MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI BOLALAR MAYDONCHASI MASALASI KO‘TARILDI
янв.21
HUDUDDAGI KUTUBXONALAR HOLATI HAMDA O‘QUVCHILAR O‘RTASIDA KITOBXONLIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA MAISHIY CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH VA SANITARIYA-TOZALIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
TOZA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI MASALASI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI VA AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND QATLAMLARIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR O‘RGANILDI
янв.21
“QIZILSOY” MAHALLASIDA YANGI MAKTAB QURILISHI MASALASI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
“PARKENT TONGI” GAZETASIDA DEPUTATLAR FAOLIYATI YORITILIB BORILMOQDA
янв.21
DIN SOHASIDAGI QONUNCHILIK IJROSI VA IJTIMOIY-MA’NAVIY MUHIT — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
SAYLOVCHILAR MUROJAATI ASOSIDA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNING HOLATI, HUDUDLAR TOZALIGI VA BOSHQARUV KOMPANIYALARI FAOLIYATI O‘RGANILDI
#murojaatvayechim #deputatnazorati

Bugun Olmaliq shahridagi “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘inida xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Abdujabbor Djurayev tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli va ochiq muloqot o‘tkazildi.
Muloqot davomida hudud fuqarolarining murojaatlari, taklif hamda muammolari atroflicha tinglandi.

Fuqarolar tomonidan asosan mahalla infratuzilmasini yaxshilash, kommunal soha, ijtimoiy yordam va hududni obodonlashtirish bilan bog‘liq masalalar o‘rtaga tashlandi.
Yuzaga kelgan masalalarga tezkor va samarali yechim topish maqsadida deputat Abdujabbor Djurayev va mahalla raisi hamkorligida har bir murojaat birma-bir tahlil qilindi. Bildirilgan muammolarni hal etish yuzasidan aniq ijro choralari belgilab olindi.

Joyida hal etish imkoni bo‘lgan masalalar bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi, vaqt va qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish uchun deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 2