Yangiliklar

"Kambagʻallikdan farovonlik sari" dasturi doirasidagi loyihalar bilan tanishdi

Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Qorajonov Uzunbuloq mahallasida boʻlib, aholi tomorqasini rivojlantirish, bandligini taʼminlashga oid ishlar, "Kambagʻallikdan farovonlik sari" dasturi doirasidagi loyihalar bilan tanishdi. Mahallada aholi tomorqasini rivojlantirish uchun 3, 2 mlrd soʻmlik loyiha amalga oshirilishi koʻzda tutilgan. Ayni paytda ishlar boshlangan. Mahallada 2 ta Artezian quduqlari qazilib aholi tomorqasiga 2 km suv tarmoqlari tortilishi reja qilingan.

Slide 1 of 4