Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
янв.21
AHOLI XAVFSIZLIGI YO‘LIDA: XURRIYAT MAHALLASIDAGI CHORRAHAGA SVETOFOR O‘RNATISH BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
EKSPERT GURUHI ISHTIROKIDA JINOYATCHILIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI BILAN HAMKORLIK — MUHIM QADAM!
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI: “QAYILMA” MFYDA ELEKTR TA’MINOTI BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: PARKENT TUMANI SPORT MAKTABIDA YOSH SPORTCHILAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI VA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
PARKENT TUMANIDA JINOYAT VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
FHDYO BO‘LIMI FAOLIYATI VA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
2-SONLI “LOLA” DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
PARKENT TUMANIDA JINOYAT VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig’ilishi bo‘lib o‘tdi.
🟢 yig’ilisni doimiy komissiya raisi Salimboyev Xasan Dilmurodovich olib bordi. Doimiy komissiya yig’ilishida Xalq deputatlari  tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna ҳам ishtirok etdi.

🟢 Kun tartibidagi asosiy masala sifatida Parkent tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Sultanov Anvar Abidxo‘jayevichning Parkent tumani IIB sohaviy xizmat xodimlari tomonidan 2026-yilning to’qqiz oyi davomida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi.
📊 Hisobotda tumanda jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda aholi osoyishtaligini mustahkamlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.
🟢 Muhokamalar davomida jinoyat va huquqbuzarliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash, ularni bartaraf etish, ayniqsa, mahallalarda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, aholi, yoshlar va keng jamoatchilik o‘rtasida huquqiy targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🟢 Doimiy komissiya a’zolari tomonidan mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish, idoralararo hamkorlikni mustahkamlash hamda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishda profilaktik choralarning ahamiyatini oshirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
🟢 IIB boshlig‘i tomonidan bildirilgan takliflar asosida hududlarda huquqiy targ‘ibot ishlarini jadallashtirish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, qonunlarga hurmat ruhini mustahkamlash hamda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan tushuntirish tadbirlarini izchil tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
✅ Majlis yakunida muhokama qilingan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi. Unga ko‘ra, Parkent tumani IIB sohaviy xizmat xodimlari tomonidan 2026-yilning to’qqiz oyida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi masalani Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish belgilandi.
🟢 Mazkur masalaning sessiya kun tartibiga kiritilishi tumanda jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish borasidagi ishlarni deputatlik nazoratida ko‘rib chiqish hamda mavjud muammolar yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni belgilashga xizmat qiladi.
🇺🇿 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi — hududdagi dolzarb masalalarni o‘rganish, jamoatchilik manfaatlarini himoya qilish va aholi osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida  faoliyat olib boradi.

Slide 1 of 5