Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
янв.21
AHOLI XAVFSIZLIGI YO‘LIDA: XURRIYAT MAHALLASIDAGI CHORRAHAGA SVETOFOR O‘RNATISH BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
EKSPERT GURUHI ISHTIROKIDA JINOYATCHILIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI BILAN HAMKORLIK — MUHIM QADAM!
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI: “QAYILMA” MFYDA ELEKTR TA’MINOTI BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: PARKENT TUMANI SPORT MAKTABIDA YOSH SPORTCHILAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI VA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
PARKENT TUMANIDA JINOYAT VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
FHDYO BO‘LIMI FAOLIYATI VA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
2-SONLI “LOLA” DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida hududlarda deputatlik o‘rganishlari davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, 19-Mustaqillik saylov okrugi deputati Z.G‘ofurova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova ishtirok etdilar.

Deputat Z.G‘ofurovaga biriktirilgan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi mas’ullari bilan hamkorlikda shahar hokimligida aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tashkil etilgan “Shtab” faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida shaharda aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishsiz fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijalari tahlil qilindi.

Jarayonda “Shtab” a’zolarining mahallalardagi “yettilik” bilan o‘zaro hamkorligi, ehtiyojmand va ijtimoiy daftarlarga kiritilgan fuqarolar bilan manzilli ishlash, xonadonbay o‘rganishlar orqali mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, fuqarolarni doimiy va barqaror daromad manbalariga ega qilish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirish hamda mavjud tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalanish holati ko‘rib chiqildi.

Alohida e’tibor imtiyozli kredit va boshqa moliyaviy resurslarning maqsadli hamda samarali yo‘naltirilishi masalasiga qaratildi. Chunki ajratilayotgan mablag‘larning o‘z vaqtida va manzilli yetkazilishi fuqarolarning o‘zini o‘zi band qilishi, yangi ish o‘rinlari yaratishi va oilalar daromadini oshirishda muhim omil hisoblanadi.

Deputatlik o‘rganishi davomida “Shtab” faoliyatida muammolarni faqat qayd etish bilan cheklanib qolmasdan, ularning yechimini tezkor tashkil etish, mas’ullar faoliyatini muvofiqlashtirish va belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ishlarning natijadorligini oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.

Slide 1 of 4