Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
янв.21
AHOLI XAVFSIZLIGI YO‘LIDA: XURRIYAT MAHALLASIDAGI CHORRAHAGA SVETOFOR O‘RNATISH BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
EKSPERT GURUHI ISHTIROKIDA JINOYATCHILIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI BILAN HAMKORLIK — MUHIM QADAM!
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI: “QAYILMA” MFYDA ELEKTR TA’MINOTI BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: PARKENT TUMANI SPORT MAKTABIDA YOSH SPORTCHILAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
PARKENT TUMANIDA JINOYAT VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI VA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
FHDYO BO‘LIMI FAOLIYATI VA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HARAKAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
“Chegara” mahallasida O‘RQ–406-sonli Qonuni doirasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Mahalliy Kengash deputatlari tomonidan yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi qonunchilik hujjatlari ijrosi, hududlarda yoshlar bilan ishlash tizimining samaradorligi va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganib borilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov Kengashning 5-“Kattabog‘” saylov okrugi deputati I.Tangirov okrugi hududidagi “Chegara” mahallasida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni doirasida mahalla yoshlar yetakchisi faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi yoshlar bilan ishlashning amaldagi holati, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ta’lim va kasb-hunarga yo‘naltirish, zamonaviy kasblarni egallashiga ko‘maklashish hamda bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, yoshlar yetakchisining yoshlar bilan individual ishlash amaliyoti, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish mexanizmlari ham ko‘rib chiqildi. Ayniqsa, ishsiz va band bo‘lmagan yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlaridan foydalanishiga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida yoshlarning murojaatlari, ularni qiynayotgan masalalar va mavjud imkoniyatlardan foydalanish darajasi ham ko‘zdan kechirilib, yoshlar bilan ishlashda manzillilik va natijadorlikni yanada oshirish zarurligi qayd etildi.

Shu bilan birga, yoshlar yetakchisi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, yoshlarning ta’lim olishi va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni munosib ish bilan ta’minlash hamda ijtimoiy faolligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar hududlarda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni joyida aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlashga xizmat qiladi.

Yoshlar — mahalla taraqqiyoti, yurt kelajagi va bunyodkor kuchidir!