Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
янв.21
“OILAVIY TADBIRKORLIK TO‘G‘RISIDA”GI QONUN HAMDA XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI QARORLARI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “DAVLAT TILI TO‘G‘RISIDA”GI QONUNI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI: 2026-YILNING 9 OYI DAVOMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR FAOLIYAT NATIJALARI — RAQAMLARDA
янв.21
HUDUDDAGI MADANIYAT MUASSASASINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR VA TADBIRKORLIK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATINING SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
MUSIQA VA SAN’AT — YOSHLAR MA’NAVIYATI VA JAMIYAT MADANIYATINING MUHIM POYDEVORI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov tomonidan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi ishlab chiqilgan savolnoma asosida o‘rganildi.

🔵Mazkur Qonunga muvofiq, ish qidirayotgan fuqarolarga ishga joylashishda ko‘maklashish, ularni mehnat bozoridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida xabardor qilish hamda kasbiy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda munosib ish bilan ta’minlash bandlik organlarining muhim vazifalaridan hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, o‘rganish jarayonida markazga murojaat qilayotgan fuqarolar bilan ishlash tizimi, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ish qidirayotgan shaxslarni tegishli tartibda ro‘yxatga olish va ishga joylashtirishga ko‘maklashish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

🔵Aholining bandligini ta’minlashda faqat mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish bilan cheklanib qolmasdan, mehnat bozori talabidan kelib chiqib fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga yo‘naltirish muhimligi ta’kidlandi. Qonunchilikda ish qidirayotgan va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish uchun tegishli mexanizmlar belgilangan.

🔵Shuningdek, aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini ishga joylashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, ishga joylashishda qo‘shimcha ko‘mak va kafolatlarga muhtoj bo‘lgan fuqarolar bilan manzilli ishlash, ularning imkoniyatlari va kasbiy ko‘nikmalarini inobatga olgan holda bandligini ta’minlash muhimligi qayd etildi.

🔵Deputat tomonidan mazkur Qonun talablariga asosan 2027-yil uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash masala bo‘yicha takliflar ishlab chiqish ishlarini jadallashtirish hamda tasdiqlash uchun Kengashga kiritish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4