Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi faoliyati bo‘yicha 2026-yil 30-sentyabr holatiga shakllantirilgan hisobotda Kengashning sessiyalari, deputatlik so‘rovlari, aholi bilan uchrashuvlari, jamoatchilik nazorati hamda ochiqlik va axborot faoliyati bo‘yicha muhim ko‘rsatkichlar qayd etilgan.
🔣 SESSIYALAR VA QARORLAR
🔹 12 ta Kengash sessiyasi o‘tkazildi.
🔹 Sessiyalarda jami 59 ta masala ko‘rib chiqildi.
🔹 Kengash faoliyati doirasida 59 ta qaror qabul qilingan.
🔹 24 ta masala muhokama qilingan.
🔹 7 ta nazorat-tahlil tadbiri amalga oshirilgan.
🔹 4 ta masala bo‘yicha tegishli qarorlar tasdiqlangan.
🔣 OCHIQLIK VA SHAFFOFLIK
Kengash faoliyatining ochiqligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan:
🔹 12 ta sessiya OAVda yoritilgan;
🔹 ularning 12 tasi onlayn tarzda yoritilgan;
🔹 10 ta qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan;
🔹 59 ta qaror E-Kengash (E-qaror) tizimi orqali e’lon qilingan.
🫥 QONUNLAR TARG‘IBOTI
Yangi qabul qilingan qonunlarni aholiga yetkazish va huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish yo‘nalishida:
🔹 7 ta qonun bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilgan;
🔹 18 ta targ‘ibot tadbiri o‘tkazilgan.
🫥 DEPUTATLIK SO‘ROVLARI — MUAMMOLAR YECHIMI SARI
Hisobotga ko‘ra, deputatlar tomonidan 46 ta deputatlik so‘rovi yuborilgan.
Shundan:
🫥 35 tasiga javob berilgan;
🫥 2 tasi ko’rib chiqish jarayonida;
🫥 9 tasi bo‘yicha javob belgilangan muddatdan kechikib berilgan.
Deputatlik so‘rovlari orqali Parkent tumanidagi yo‘l, ichimlik suvi, elektr ta’minoti, obodonlashtirish, maktab va maktabgacha ta’lim, piyodalar xavfsizligi, chiqindilarni boshqarish hamda boshqa ijtimoiy masalalar ko‘tarilgan.
Jumladan, ayrim hududlarda:
🔹 ichki yo‘llarni asfaltlashtirish;
🔹 eski simyog‘ochlarni yangilariga almashtirish;
🔹 aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash;
🔹 maktab va bog‘chalar infratuzilmasini yaxshilash;
🔹 yo‘l belgilari va piyodalar o‘tish joylarini tashkil etish;
🔹 elektr va boshqa kommunal muammolarni hal etish masalalari nazoratga olingan.
🫥 XALQ BILAN MULOQOT
Hisobotda xalq bilan bevosita muloqotga alohida o‘rin berilgan.
🔹 Jami 162 ta uchrashuv o‘tkazilgan;
🔹 uchrashuvlarda 45 ta muammo aniqlangan;
🔹 murojaatlar yuzasidan 126 ta masala hal etilgan;
🔹 118 ta murojaat bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilgan;
🔹 55 ta holatda tushuntirish berilgan;
🔹 54 ta masala ish jarayonida bo‘lgan;
🔹 1 ta murojaat rad etilgan.
🫥 DEPUTATLAR FAOLIYATI
Parkent tuman Kengashida 25 nafar deputat faoliyat yuritmoqda.
Hisobot davrida deputatlar vakolatini muddatidan oldin tugatish hamda deputat daxlsizligidan mahrum etish bo‘yicha holatlar qayd etilmagan.
➡️ MUHIM XULOSA
Ushbu ko‘rsatkichlar Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi faoliyatida xalq bilan muloqot, hududlardagi muammolarni o‘rganish, deputatlik nazorati, ochiqlik va jamoatchilik manfaatlarini himoya qilish yo‘nalishlari muhim o‘rin tutayotganini ko‘rsatadi.
✨Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi — xalq manfaatlari yo‘lida, xalq bilan birga!
Xalq manfaatlari — oliy mezon!