Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
янв.21
AHOLI XAVFSIZLIGI YO‘LIDA: XURRIYAT MAHALLASIDAGI CHORRAHAGA SVETOFOR O‘RNATISH BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
EKSPERT GURUHI ISHTIROKIDA JINOYATCHILIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI BILAN HAMKORLIK — MUHIM QADAM!
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI: “QAYILMA” MFYDA ELEKTR TA’MINOTI BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: PARKENT TUMANI SPORT MAKTABIDA YOSH SPORTCHILAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI VA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
PARKENT TUMANIDA JINOYAT VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
FHDYO BO‘LIMI FAOLIYATI VA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
2-SONLI “LOLA” DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
#162_qonun
#PF_193_son_Farmon_ijrosi
🏛 DEPUTATLIK NAZORATI: “DO‘STLIK” MAHALLASIDA ISHLAR O‘RGANILDI.


👤 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 17-G'ambur saylov okrugi deputati S.To'rayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida “Do'stlik” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-son Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar maxsus savolnoma asosida o‘rganildi.

🔎 O‘rganish jarayonida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹 barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash;
🔹 aholining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash;
🔹 kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish;
🔹 kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish;
🔹 kredit, subsidiya va boshqa moliyaviy resurslardan samarali foydalanish;
🔹 amalga oshirilayotgan loyihalarning natijadorligini ta’minlash.

📊 O‘rganish davomida mahalladagi mavjud holat tahlil qilinib, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, aholi farovonligini oshirish hamda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan fikr almashildi.

🤝 Shuningdek, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4