Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
янв.21
AHOLI XAVFSIZLIGI YO‘LIDA: XURRIYAT MAHALLASIDAGI CHORRAHAGA SVETOFOR O‘RNATISH BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI BILAN HAMKORLIK — MUHIM QADAM!
янв.21
EKSPERT GURUHI ISHTIROKIDA JINOYATCHILIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI: “QAYILMA” MFYDA ELEKTR TA’MINOTI BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: PARKENT TUMANI SPORT MAKTABIDA YOSH SPORTCHILAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
PARKENT TUMANIDA JINOYAT VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI VA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
FHDYO BO‘LIMI FAOLIYATI VA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HARAKAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
KATTA QANI MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATI DEPUTATLIK NAZORATIDA

#deputatlik_faoliyati_Uchtepa #162_ta_eng_muhim_qonun

KATTA QANI MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATI DEPUTATLIK NAZORATIDA

🇺🇿 Katta Qani mahallasida fuqarolardan kelib tushgan murojaat Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "15-Izza" saylov okrugi deputati Narziyev Akbar Marupovich tomonidan tuman mas’ullari ishtirokida joyiga chiqib o‘rganildi.

📝 Murojaatda mahalla fuqarolari hamda maktab o‘quvchilarining Izza ko‘chasiga tushish yo‘lida, ayniqsa, yog‘ingarchilik vaqtida yomg‘ir suvlarining to‘planib qolishi natijasida piyodalar harakatlanishida noqulayliklar yuzaga kelayotgani bildirilgan.

🕯 O‘rganish davomida mazkur hududdagi mavjud holat, yomg‘ir suvlarini chiqarib yuborish imkoniyatlari, piyodalar harakati uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratish hamda muammoni tizimli bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratildi.

🗂 Shuningdek, o‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 22-iyuldagi “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi O‘RQ-784-son Qonunida belgilangan talablar ham inobatga olindi. Mazkur qonun ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda xizmatlarning xavfsiz va sifatli ko‘rsatilishini ta’minlashga qaratilgan.

📈 Jumladan, hududlarda fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan kommunal va infratuzilmaviy muammolarni joyiga chiqib o‘rganish, ularning sabablarini aniqlash, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechimlarni belgilash hamda ijrosini deputatlik nazorati asosida kuzatib borish masalalariga e’tibor qaratildi.

↗️ O‘rganish davomida tuman hokimi o‘rinbosari Nurali Ismatov tomonidan muammoni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, Izza ko‘chasida to‘planadigan yomg‘ir suvlarini tegishli yo‘nalish orqali Bo‘zsuv kanaliga oqizish, shuningdek, mahalla aholisi va maktab o‘quvchilarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida alohida piyodalar yo‘lagi hamda zinapoyalar barpo etish belgilangan.

📆 Mazkur ishlarni IV chorak yakuniga qadar amalga oshirish rejalashtirilgani bildirildi.

📈 Aniqlangan masalalarni bartaraf etish bo‘yicha belgilangan ishlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi, fuqarolar murojaatida ko‘tarilgan muammoning amaliy yechim topishi hamda piyodalar uchun xavfsiz sharoit yaratilishi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 4