Jizzax shahar Kengashi deputati X.Xamdamova Respublikamiz bo‘ylab, qolaversa, shahrimiz miqyosida bo‘lib o‘tayotgan sevimli shoiramiz, vafo va sadoqat timsoli Zulfiya tavalludining 110 yilligi munosabati bilan "BAHORDA GULLAGAN ZULFIYA’’ mavzusida tadbirda ishtirok etib, adibaning hozirgi yoshlarga ibrat bo'ladigan hayot yo'li na samarali ijodi haqida ma'ruza qildi. Badiiy qismda JizPI Sanoat texnologiyalari fakultetining talabalari Zulfiyaxonim hayoti va ijodi bo'yicha she’rlar, sahna ko’rinishlari, raqs va kuy- qo’shiqlar ijro etishdi. Tadbirda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti Respublika saralash bosqichi qatnashchisi F Mamarizayeva ham qatnashdi va mavzu doirasida ma’lumot berdi.