Xalq Deputatlari Parkent tuman Kengashiga 18-Buloqboshi saylov okrugidan saylangan deputat Karimshikov Sabriddin Azimovich “Buloqboshi” MFY xududidagi 4-umumiy o`rta ta`lim maktabida mahalla yettiligi va maktab ma`muriyati hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi "2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo`yicha chora tadbirlari to'g'risida"gi PQ-1-son qarorini ijrosini ta'minlash maqsadida o`tkazilgan targ'ibot tadbirlarining navbatdagisida ishtirok etdi. Tadbirda o`quvchilarga tumanimizda PQ-1-son qaror ijrosini
ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar va hududdagi keng ko`lamli bunyodkorlik bo`yicha ma`lumotlar berildi.