Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
“OILAVIY TADBIRKORLIK TO‘G‘RISIDA”GI QONUN HAMDA XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI QARORLARI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “DAVLAT TILI TO‘G‘RISIDA”GI QONUNI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI: 2026-YILNING 9 OYI DAVOMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR FAOLIYAT NATIJALARI — RAQAMLARDA
янв.21
HUDUDDAGI MADANIYAT MUASSASASINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR VA TADBIRKORLIK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATINING SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
MUSIQA VA SAN’AT — YOSHLAR MA’NAVIYATI VA JAMIYAT MADANIYATINING MUHIM POYDEVORI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
“Ashirqulmergan” mahallasida tadbirkorlik va bandlik masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Abdullayev tomonidan “Ashirqulmergan” mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-sonli “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi hamda 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla hokim yordamchisi K.Mirzayev tomonidan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, fuqarolarning bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning o‘tgan davrida tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagini bildirgan 20 nafar fuqaroga jami 210 million so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilishiga ko‘maklashilgan.

Shuningdek, mahallada 27 ta mikroloyiha ishga tushirilgani qayd etildi. Mazkur loyihalarning amalga oshirilishi natijasida aholining daromad manbalarini kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiluvchi amaliy ishlar olib borilmoqda.

Natijada 150 nafar fuqaroning bandligini ta’minlashga ko‘maklashilgan. Amalga oshirilgan ishlar natijasida 31 ta kam ta’minlangan oila “Kambag‘allik reyestri”dan chiqarilgan.

Bundan tashqari, 2 nafar fuqaroga subsidiya ajratilgan, 6 nafar fuqaro bepul kasb-hunarga o‘qishga yo‘naltirilgan hamda 2 nafar kam ta’minlangan fuqaroning xonadonida ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan.

️O‘tkazilgan uchrashuv va o‘rganish ishlarida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adhamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4