Bugun, Muzrabot tumani hokimligi binosida xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining navbatdagi 6-sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Oʻtkazilgan sessiyada, sektor rahbarlari, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining tarmoqlar boʻyicha
oʻrinbosarlari, Kengash kotibiyati, aloqador korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida oʻtkazildi.
Deputatlar tomonidan kun tartibidagi 15 ta masala koʻrib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
Sessiya ishi davomida har bir masala yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglandi. Deputatlar oʻzlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan mas’ullarga savol va takliflar berishdi hamda koʻtarilgan har bir masala yuzasidan mas’ullarning javoblari olindi.