Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
янв.21
“OILAVIY TADBIRKORLIK TO‘G‘RISIDA”GI QONUN HAMDA XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI QARORLARI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “DAVLAT TILI TO‘G‘RISIDA”GI QONUNI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI: 2026-YILNING 9 OYI DAVOMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR FAOLIYAT NATIJALARI — RAQAMLARDA
янв.21
HUDUDDAGI MADANIYAT MUASSASASINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR VA TADBIRKORLIK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATINING SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
MUSIQA VA SAN’AT — YOSHLAR MA’NAVIYATI VA JAMIYAT MADANIYATINING MUHIM POYDEVORI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
MAHALLADAGI UCHRASHUVDA FUQAROLAR YO‘L HARAKATI BILAN BOG‘LIQ MASALANI KO‘TARDI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️MAHALLADAGI UCHRASHUVDA FUQAROLAR YO‘L HARAKATI BILAN BOG‘LIQ MASALANI KO‘TARDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nigora Eshmetovaning Yunusobod tumanidagi “Qashqar” mahallasi aholisi bilan o‘tkazgan uchrashuvida fuqarolar tomonidan hududdagi transport harakati bilan bog‘liq muammo ko‘tarilib, uni hal etishda amaliy yordam so‘raldi.

🔺 Fuqarolar Markaz-4 hududidagi 5-sonli umumta’lim maktabi oldidagi yo‘lda o‘rnatilgan “Kirish taqiqlangan” yo‘l belgisi sabab mahalla aholisi, o‘quvchilar va ularning ota-onalari harakatlanishida qator noqulayliklar yuzaga kelayotganini bildirdilar. Ayniqsa, maktabda darslarning boshlanishi va tugashi vaqtida transport harakatining cheklanishi tirbandliklarga sabab bo‘layotgani qayd etildi.

🛣 Uchrashuv davomida aholi tomonidan mazkur vaziyatni tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda bevosita joyiga chiqib o‘rganish taklif qilindi. Tirbandliklarning oldini olish, o‘quvchilar va ota-onalar uchun erkin hamda qulay harakatlanish sharoitini yaratish maqsadida soat 07:00 dan 18:00 gacha bir tomonlama harakatni joriy etish, zarur hollarda esa transport vositalarining ikki tomonlama harakatlanishiga ruxsat berish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish so‘raldi.

📋 Shuningdek, fuqarolar yo‘l harakati xavfsizligi talablaridan kelib chiqib, hudud uchun eng maqbul harakatlanish tartibini belgilash hamda zarur yo‘l belgilarini o‘rnatish masalasini ham ko‘tardilar.

🗣 Mazkur murojaat mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan bo‘lgan mahalla ichki ko‘chalari holati, transport harakati va tirbandliklar, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni bevosita joyiga chiqib o‘rganish vazifalari bilan bog‘liq.

🤝 Nigora Eshmetova mahalla aholisi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlarni tinglab, ko‘tarilgan masalani tegishli mutaxassislar bilan birgalikda o‘rganish, bunda o‘quvchilar xavfsizligi hamda fuqarolar uchun qulay harakatlanish sharoitlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratish zarurligini qayd etdi.

💡 Uchrashuvda ko‘tarilgan masalaning asosiy maqsadi — maktab atrofi va mahalla ichki ko‘chalarida tirbandliklarning oldini olish, piyodalar va o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash hamda aholi uchun qulay harakatlanish muhitini yaratishdan iborat.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 2