Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
“OILAVIY TADBIRKORLIK TO‘G‘RISIDA”GI QONUN HAMDA XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI QARORLARI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “DAVLAT TILI TO‘G‘RISIDA”GI QONUNI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI: 2026-YILNING 9 OYI DAVOMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR FAOLIYAT NATIJALARI — RAQAMLARDA
янв.21
HUDUDDAGI MADANIYAT MUASSASASINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR VA TADBIRKORLIK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATINING SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
MUSIQA VA SAN’AT — YOSHLAR MA’NAVIYATI VA JAMIYAT MADANIYATINING MUHIM POYDEVORI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
YANGIOBOD MAHALLASIDA DEPUTATLIK NAZORATI

YANGIOBOD MAHALLASIDA DEPUTATLIK NAZORATI
👤 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi 30-Yangiobod saylov okrugi deputati Sulaymonova Xilola Baxtiyorovna tomonidan Yangiobod mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirish yo‘nalishidagi ishlar o‘rganilmoqda.
🤝 Mazkur yo‘nalishda deputat tashabbusi bilan ishchi guruh shakllantirilib, uning tarkibiga mahalla raisi Dusyarov Yusuf, hokim yordamchisi Aliyev Elbek, xotin-qizlar faoli Sulaymonova Xilola, otinoyi Sulaymonova Zulayxo, nuroniy Klichev Rayim hamda bank agenti Baxriddinova Malika kiritilgan.
🔎 Ishchi guruh tomonidan mahalladagi:
▪️ ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash;
▪️ kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlash;
▪️ aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish;
▪️ xotin-qizlar va ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash;
▪️ ijtimoiy infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va bartaraf etish
masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
📌 Deputatlik nazorati — muammoni aniqlashdan boshlab, uning yechimigacha bo‘lgan jarayonni nazorat qilishdir. 🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! ✔️